Jamiyat

Kitob tumanida ayolga sobiq turmush o‘rtog‘ining uyidagi mol-mulk qaytarildi

Sud hujjati ijro etilgach, mebel, maishiy texnika va boshqa buyumlar egasiga topshirildi.

Hovlida mebel va uy-ro‘zg‘or buyumlari ortilgan yuk mashinasi

Kitob tumanida ayolga sobiq turmush o‘rtog‘ining uyida bo‘lgan mol-mulk qaytarildi.

Bunga fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining ajrimi asos bo‘ldi. Sud hujjati Majburiy ijro byurosining tuman bo‘limiga ijro uchun kelib tushgan.

Davlat ijrochilari sud ajrimida ko‘rsatilgan mebel, maishiy texnika, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqa mol-mulkni xatlovdan o‘tkazdi.

Shundan so‘ng buyumlar undiruvchiga topshirildi. Sud ajrimi to‘liq ijro etildi.

Rustam AbduazizovРедактор