«Hududiy elektr tarmoqlari» 1-sentabrgacha muammoli toifaga kiritilgan transformatorlar va elektr tarmoqlari uchastkalarini ta’mirlashni rejalashtirmoqda.
Hududiy past kuchlanishli tarmoqlar energetika tizimining zaif bo‘g‘ini bo‘lib qolmoqda: ularning holati aholi va biznesda elektr uzilishlariga sabab bo‘lmoqda.
Muammoli hududlarda mutaxassislar «mahalla yettiligi» vakillari bilan birga uskunalar va hisoblagichlarni tekshirmoqda.
Shu bilan birga, «O‘zenergoinspeksiya» resurslar sarfini nazorat qilish uchun sun’iy intellekt vositalariga ega «Raqamli ofis» platformasini joriy etmoqda.
Sinov tariqasidagi Sharof Rashidov tumanida 65 ta muammoli obyektning 40 tasi ta’mirlandi. Inspeksiya ta’mirlash ishlari reytingini har oy tuzish va energiyadan noqonuniy foydalanishni aniqlashni ham rejalashtirgan.








