Jamiyat

Buxoro viloyatida aniq prognozlar uchun radiozond uchirildi

Qurilma turli balandliklardagi harorat, bosim, namlik va shamol haqidagi ma’lumotlarni uzatadi.

Meteorologik sharni uchirishga tayyorlash

Buxoro viloyatidagi “Yakkatut” agrometeorologiya stansiyasida zamonaviy radiozond o‘rnatilgan aerologik shar sinov tariqasida uchirildi.

Qurilma ko‘tarilish vaqtida turli balandliklardagi havo harorati, atmosfera bosimi va namligini, shuningdek, shamol tezligi va yo‘nalishini o‘lchaydi. Ma’lumotlar real vaqt rejimida yer usti stansiyasiga uzatiladi.

Bunday o‘lchovlar atmosfera holati xaritalarini tuzish, prognozlar aniqligini oshirish va xavfli gidrometeorologik hodisalarni ertaroq aniqlash uchun kerak.

Ma’lumotlardan aviatsiya, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarning meteorologik ta’minotida ham foydalaniladi.

Sovet davrida O‘zbekistonning bir necha shahrida aerologik zondlar muntazam uchirilgan, biroq keyinchalik kuzatuvlar to‘xtagan. Buxoro viloyatidagi sinov ularni qayta yo‘lga qo‘yishning boshlanishi bo‘lishi mumkin.

Samira GanievaКорреспондент