Berlin arxivlarida O‘zbekiston tarixiga oid hujjatlar topildi: materiallar 1865-yildan 1929-yilgacha bo‘lgan voqealarni qamrab oladi.
Topilmalar orasida Turkistondagi siyosiy jarayonlarga oid 1865-yilgi diplomatik yozishmalar bor. Bu materiallar XIX asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo atrofidagi xalqaro munosabatlar haqidagi ma’lumotlarni to‘ldirishi mumkin.
Shuningdek, 1928–1929-yillarda Toshkent va Buxoro haqida tuzilgan hisobotlar topildi. Ularda o‘sha davrdagi shahar hayoti, siyosiy va ijtimoiy vaziyat tasvirlangan.
Arxiv to‘plamida 1922-yilda Germaniyaga o‘qishga yuborilgan toshkentlik Vali Qayumxonning maktublari ham bor. Yozishmalar uning ta’limi, aloqalari va mamlakatdagi hayoti haqida ma’lumot berishi mumkin.
Topilgan materiallar Berlindagi Prussiya madaniy merosi Maxfiy davlat arxivida saqlanadi.








