Jamiyat

Vazirlar Mahkamasi avtobusga chiqishda yo‘l haqini darhol to‘lashni belgiladi

To‘lov yoki imtiyoz tasdiqlanmasa, yo‘lovchi chiptasiz ketayotgan hisoblanadi.

Avtobusda kontaktsiz yo‘l haqi to‘lovi uchun validator

1-sentabrdan brutto-shartnoma asosida ishlaydigan avtobuslarda yo‘lovchilar yo‘l haqini kirish paytida to‘lashi shart, Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilangan.

Yo‘l haqini transport yoki bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz vositalar orqali to‘lash mumkin. NFC, QR, biometrik to‘lov, BLE va UWB ham ruxsat etilgan texnologiyalar qatorida ko‘rsatilgan.

Imtiyozli yoki bepul yurish huquqiga ega yo‘lovchilar ijtimoiy yoki transport kartasini darhol validatorga tekkizishi kerak. Kirishda to‘lov yoki imtiyoz tasdiqlanmasa, yo‘lovchi chiptasiz ketayotgan hisoblanadi va ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Transport vazirligiga Ichki ishlar vazirligi bilan birga uch oy ichida shahar va shahar atrofi transportida chiptasiz yurish uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha loyiha tayyorlash topshirildi.

1-sentabrgacha poytaxt jamoat transporti va shahar atrofi poyezdlari uchun integratsiyalashgan to‘lov tizimi, jumladan, «elektropoyezd — avtobus» va «elektropoyezd — metro» tariflari ham joriy etilishi kerak.

Marat AkhmetovРедактор