Wildberries asosiy logistika quvvatlarini Rossiyadan ko‘chirmaydi, xorijdagi obyektlar esa reja asosida qurilmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti.
Ombor obyektlarimiz qurilishi reja asosida olib borilmoqda. Qurilish sur’atlarini tezlashtirish yoki kompaniyaning asosiy logistika quvvatlarini Rossiya Federatsiyasidan tashqariga ko‘chirish haqidagi OAV materiallarini biznes jarayonlarimiz mohiyatini aks ettirmaydigan ortiqcha hissiy shov-shuv deb baholaymiz — Wildberries matbuot xizmati
Kompaniya faoliyat yuritayotgan mamlakatlarda logistika infratuzilmasini kengaytirishda davom etmoqda. Hozir zarur resurslar logistika jarayonlarini tiklash va platformaning barqaror ishlashini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Wildberriesning Minskdagi «Buyuk tosh» sanoat parkida joylashgan logistika xabi may oxirida sinov rejimida ishga tushirilgan. Obyekt quvvatini bosqichma-bosqich oshirmoqda.
Biz bloklar ishini izchil yo‘lga qo‘ymoqdamiz va obyektni to‘liq foydalanishga topshirish sari bosqichma-bosqich harakat qilyapmiz — Wildberries matbuot xizmati
Wildberries yaqin vaqt ichida FBS modeli bo‘yicha tovarlarni qabul qilish geografiyasini kengaytirishni rejalashtirmoqda: sotuvchilar buyurtmalarni nafaqat kompaniyaning, balki hamkorlikdagi topshirish punktlari orqali ham yubora oladi.








