Iqtisodiyot

Markaziy bank O‘zbekiston zaxiralari $64,35 mlrdga yetganini qayd etdi

Iyul oyida ko‘rsatkich avvalgi oydagi pasayishdan so‘ng qariyb $590 mlnga oshdi.

O‘zbekistonning 100 000 so‘mlik banknotasi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 1-avgust holatiga $64,347 mlrdga yetdi.

Iyul oyida ko‘rsatkich $589,75 mlnga oshdi: 1-iyul holatiga rasmiy zaxira aktivlari $63,757 mlrdni tashkil etgan edi.

Zaxiralardagi oltin qiymati $365,25 mlnga oshib, $56,122 mlrdga yetdi. Shu bilan birga, oltinning jismoniy hajmi 13,88 mln troy unsiyasidan 13,85 mln troy unsiyasigacha biroz kamaydi.

Konvertatsiya qilinadigan xorijiy valyutadagi zaxiralar bir oyda $208,84 mlnga oshib, $7,652 mlrdga yetdi.

Denis KhabibullinКорреспондент