Iqtisodiyot

Markaziy bank 11-avgust uchun dollar kursini 11 934,61 so‘m etib belgiladi

Yevro 13 788,05 so‘m, Rossiya rubli esa 144,64 so‘m bo‘ladi.

100 ming so‘mlik O‘zbekiston banknotasi

O‘zbekiston Markaziy banki 2026-yil 11-avgustdan amal qiladigan xorijiy valyutalarning rasmiy kurslarini belgiladi.

AQSH dollari 17,49 so‘mga arzonlab, 11 934,61 so‘mni tashkil etadi. Yevro esa 8,47 so‘mga qimmatlab, 13 788,05 so‘mga yetadi.

Rossiya rubli 0,57 so‘mga pasayib, 144,64 so‘m bo‘ladi. Funt sterling 48,1 so‘mga oshib, 16 114,11 so‘mni tashkil etadi.

Yaponiya iyenasi 0,32 so‘mga arzonlab, 75,15 so‘mga tushadi, Shveytsariya franki esa 11,2 so‘mga qimmatlab, 14 759,60 so‘mga yetadi.

Xitoy yuani 1,73 so‘mga pasayib, 1 769,58 so‘mni tashkil etadi. Barcha qiymatlar tegishli valyutaning bir birligi uchun ko‘rsatilgan.

Denis KhabibullinКорреспондент